G‘ofurovning jamoasi o‘z maydonida durang o‘ynadi
Kecha Serbiya Super Ligasida 5-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz Husniddin G‘ofurov faoliyat olib boradigan “Mladost Luchani” jamoasi o‘z maydonida “Radnik”ka qarshi bahs olib bordi.
Ushbu uchrashuvda hisob ochilmadi. Biz uchun e’tiborli tomoni, Husniddin ilk bor “Mladost” safida asosiy tarkibdan joy oldi. Yodingizda bo‘lsa, hamyurtimiz o‘tgan turda “Chukarichki”ga qarshi uchrashuvda zahiradan maydonga tushirilgan edi.
Kecha G‘ofurov 60 daqiqa maydonda harakat qildi va so‘ng uning o‘rniga “Bunyodkor”dagi o‘yinlari bilan muxlislarga yaxshi tanish bo‘lgan Milosh Trifunovich egalladi.
Serbiya Super Ligasi. 5-tur
“Mladost” – “Radnik” 0:0.

Fikrlar