Golda ishtirok etib, pulingni ol!

  • 14.04.2026 11:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Frantsiya chempionatida peshqadamlik qilayotgan va Yevropa Chempionlar ligasida g‘oliblik uchun kurashayotgan “Pari Sen-Jermen” klubida o‘yinchilar uchun yangi bonus tizimi joriy qilindi, deb xabar bermoqda L’Équipe.

Endi golga olib keluvchi kombinatsiyada oxirgi pasdan avvalgi uzatmani bergan futbolchilar ham qo‘shimcha moliyaviy mukofot olishadi.

Manbaga ko‘ra, bu tizim bosh murabbiy Luis Enrikenig taktik yondashuvlarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Bunday uzatmalar tahlili jamoaning hujumdagi harakatlar mantig‘ini ochib beradi.

Ma’lumotlarga qaraganda, ayniqsa, bir o‘yinchi bir vaqtning o‘zida ham gol ursa, ham o‘sha epizodda golli uzatmadan avvalgi pasni bersa, bu holatlar alohida qiziqish uyg‘otadi.

Bunday holat Chempionlar ligasi chorak finalining “Liverpul”ga qarshi 8 apreldagi (2:0) o‘yinida kuzatildi. Ushbu bahsda Xvicha Kvaratsxeliya Joau Neves ishtirok etgan uzun kombinatsiyadan keyin gol urdi va amalda o‘zi ham assistdan oldingi pas muallifi  bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!