Gollandiyada hakam singan oyog‘i bilan o‘yin o‘tkazdi (video)

  • 27.09.2019 09:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Gollandiya kubogining 2-saralash bosqichidan o‘rin olgan "Kuik Boys" va "Katveyk" klublari o‘rtasidagi bahsni boshqargan hakam Rob Diperink o‘yin payti oyog‘ini sindirib oldi. Ammo, shunday bo‘lsada u uchrashuv oxirigacha ishladi.

Ta’kidlash kerakki, Rob 120 daqiqa davom etgan o‘yinning qo‘shimcha bo‘limlarning oxirida jarohat oldi. Maydonga tushgan shifokorlar uning oyog‘iga muz bog‘lab qo‘yishdi va u shu holatda uchrashuv oxirigacha ishladi. O‘yindan so‘ng o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar uning oyog‘i singanini tasdiqladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!