Golovkin va Alvares revansh jang borasida kelishuvga erishdi
O‘rta vazn toifasining WBC, WBA, IBF chempionlik kamarlari sohibi Gennadiy Golovkin va sobiq chempion Saul Alvares revansh jangi borasida kelishuvga erishdi. Bu haqda WBCning tvitterdagi rasmiy sahifasi e’lon qilgan.
Unga ko‘ra, revansh jang 2018 yil 5 may kuni bo‘lib o‘tadi. Hozircha uchrashuv joyi noaniqligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Golovkin va Alvares o‘rtasidagi birinchi jang 2017 yil 16 sentyabr kuni tashkil qilingan edi. O‘shanda bokschilar o‘zaro durangga imzo chekishgan. Shundan so‘ng bokschilar revansh jang o‘tkazish uchun muzokaralar olib bormoqda.
Mazkur qarama-qarshilik g‘olibi WBO versiya bo‘yicha jahon chempioni Billi Jo Sonders uchrashadi va o‘rta vazn toifasida mutloq jahon chempionligini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fikrlar