
Gongkong bosh murabbiyi: "Guruhimizda O‘zbekiston va Eron jiddiy jamoalar ekanini bilamiz"
23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida saralash uchrashuvlari o‘tkazilishidan xabaringiz bor. Unda O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Eron, Afg‘oniston va Gongkong jamoalariga qarshi to‘p tepadi. Mazkur o‘yinlar oldidan Gongkong termasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida ishtirok etib, o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Avvalo, O‘zbekistonga tashrif buyurganimizdan mamnunmiz. Raqiblarimizni o‘rganib chiqdik, guruhimizda O‘zbekiston va Eron jiddiy jamoalar ekanini bilamiz. Biz o‘yinlardan yaxshi natija qayd etishga umid qilamiz.
Bizning imkoniyatlarimiz kam bo‘lishi mumkin. Ammo biz raqiblarning ojiz nuqtalarini topib, ularni engishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz", - dedi mutaxassis.
Fikrlar