Gran-pri musobaqasini dzyudochilarimiz ikkinchi o‘rinda yakunlashdi
Marokashning Marrokesh shahrida dzyudo bo‘yicha Gran-pri tasnifiga kiruvchi musobaqa yakunlandi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim qiladigan joriy turnirda O‘zbekiston terma jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlangach, barcha jamoalarning medallar sarhisobi qilinmoqda. MOQning xabar berishicha, vakillarimiz turnir davomida 2 ta oltin va shuncha bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu esa joriy Gran-prini umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinda yakunlashimizga zamin yaratdi.
Bu borada birinchi o‘rin Germaniya termasiga nasib etdi. Nemis dzyudochilari musobaqada 2 ta oltin, 1 ta kumush va 4 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Kuchli uchlikni esa frantsiyalik polvonlar yakunlab berishdi. Ular hisobida 2 ta oltin va 1 ta bronza medali mavjud.
Medallarni erakaklar taqsimotiga soladigan bo‘lsak, bu borada yaqqol ustunlik terma jamoamiz tomonida. Bu ko‘rsatkich borasida hech qaysi terma jamoa yigitlari 2 ta oltin medal olisholmadi. Marokash Gran-prisida quyidagi sportchilarimiz medal olishdi:
- Oltin – Sharofiddin Lutfullaev (-60 kg) va Sardor Nurullaev (-66 kg)
Bronza – Hikmatillo To‘raev (-73 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg)

Fikrlar