"Grand Chess Tour": Abdusattorov va Sindarovga "wild card" berildi!
"Grand Chess Tour" — yil davomida dunyoning turli shaharlarida o‘tkaziladigan eng nufuzli shaxmat turnirlaridan biri bo‘lib, unda dunyoning kuchli grossmeysterlari ishtirok etadi.
"Wild card" — bu turnir tashkilotchilari tomonidan maxsus taklif asosida beriladigan yo‘llanma bo‘lib, u orqali shaxmatchi saralashsiz musobaqada qatnashish imkoniga ega bo‘ladi.
"Grand Chess Tour" doirasidagi wild card egalari:
Super Rapid & Blitz Polsha (3-10 may)
Javohir Sindarov
Yan-Krishstof Duda
Hans Niman
Vladimir Fedoseev
Radoslav Voytashek
Super Chess Klassik Ruminiya (12-24 may)
Bogdan-Daniel Deak
Super Rapid & Blitz Xorvatiya (29 iyun — 6 iyul)
Nodirbek Abdusattorov
Ivan Sharich
Bogdan-Daniel Deak
Shu tariqa, "Grand Chess Tour" musobaqalarida ikki nafar o‘zbekistondik grossmeyster — Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov ham "wild card" orqali ishtirok etadi.


Fikrlar