Grandlar talashgan yulduzni kutilmagan jamoaga jo‘natishdi

  • 5 avgust, 2024, 17:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJga tegishli bo‘lgan Xavi Simonsga parijliklar asosiy tarkibdan joy bermayapti. Shu bois, yozda iste’dodli futbolchini Ispaniya va Angliya grandlari o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilayotgan edi.

PSJ rahbariyati niderlandiyalik yarim himoyachi bo‘yicha qarorini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Xavi Simons yana o‘zi o‘tgan mavsumda ijarada o‘ynagan “Leyptsig” safiga qaytib boradi.

Bu gal ham parijliklar uni sotib olish huquqisiz bir mavsumga ijaraga jo‘natdi.

- “Pari Sen-Jermen” Xaviga “Leyptsig”da ajoyib mavsum o‘tkazishini tilaydi, - deb bayonot berdi PSJ klubi rasmiy sayti.

Xavi Simons aslida “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2019 yili u Kataloniyani erkin agent maqomida tark etib, PSJ yoshlar jamoasiga qo‘shilgan.

Keyinchalik ijara asosida PSV va “Leyptsig”da to‘p tepdi. O‘tgan mavsum Xavi Simons Bundesliga klubida barcha turnirlarda 43 marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol va 15 ta assist yozdirib qo‘yganidan keyin xaridorlari ko‘payib ketgan edi. Biroq, parijliklar uni yana Bundesliga klubiga qaytarishni ma’qul topdi. 

PSJ bilan 2027 yilning yozigacha shartnoma bilan bog‘lagan 21 yoshli futbolchining transfer narxi 80 million evroga ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!