
Grilish uchun APL grandi kurashga qo‘shildi
"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish yanvardayoq jamoasini o‘zgartirishi mumkin.
"Daily Express" nashrining xabariga ko‘ra, 25 yoshli angliyalik futbolchi uchun kurashga "Liverpul" ham qo‘shildi. Avvalroq Grilishga asosiy da’vogar sifatida "Manchester Yunayted" e’tirof etilayotgandi.
Ma’lumot uchun, xavbek joriy mavsum APLda 11ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol va 6ta assist yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar