Grizmann “Atletiko” muxlislari bilan xayrlashdi
Avvalroq xabar qilganimizdek Antuan Grizmann bugun 24 mart kuni “Orlando Siti” bilan shartnoma imzoladi. Futbolchi shu yozda yangi klubi safiga borib qo‘shiladi. Shu sababli u madridliklar muxlislariga o‘zining xayrlashuv so‘zlarini yo‘lladi.
”Mening his-tuyg‘ularimni so‘z bilan ifodalash oson emas, chunki bu klub mening uyim, siz esa mening oilamsiz. Bu unutilmas o‘yinlar, gollar, quvonchlar va ishtiyoqga to‘la aql bovar qilmas sayohat bo‘ldi, buni faqat "Atletiko"ni yaxshi ko‘radiganlargina tushunishi mumkin.
Lekin keling, hozircha kelajakni kelajakka qo‘yib turaylik: chunki men hali ketmayman. Hali bu jamoa libosida oylar bor, hayotimni o‘z stadionimizda va uning tashqarisida qoldirish, Ispaniya Kubogini ko‘tarish va Chempionlar Ligasida imkon qadar uzoqroqka borishni orzu qilish uchun oylar bor. Baxtli bo‘lmoq uchun hali ko‘p imkoniyatlarimiz bor.
Bu yerda qolgan har bir daqiqam ana shu timsolga hurmat-ehtirom bo‘lishini istayman. Eng yaxshisi hali oldinda. Biz buni har doimgidek qilamiz: birgalikda. Mening hozirim 2026 yilgi mavsumning so‘nggi nafasigacha qizil va oq bo‘lib qoladi. Va mening qalbim "Atletiko"ga abadiy sodiq qoladi", - deb yozdi Grizmann ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Antuan “Atletiko” safida 2014 yildan 2019 yilga qadar to‘p surgan, 2021 yildan 2023 yilgi mavsumga qadar “Barselona”da uynagan. Grizmann jamoasi bilan birga Ispaniya La Ligasi, Yevropa Ligasi va UEFA Superkubogiga ega chiqqan.
Abduvaliev Azizbek
Fikrlar