Grizmann: "Atletiko"dan uzr so‘rayman
"Barselona" klubi hujumchisi Antuan Grizmann sobiq jamoasi "Atletiko"ning uning transferiga bo‘lgan munosabati haqida gapirib o‘tdi.
“Biz “matraschilar” bilan kelishib olgan edik, biroq u keyin o‘zgarib qoldi. Shunday bo‘lgach, bu borada kelishish kerak edi.
“Atletiko”ning mening transferga bo‘lgan munosabatiga kelsak, buning uchun uzr so‘rayman. Men ularni shokka tushirmaslik uchun shaxsan o‘zim rahbarlarning oldiga bordim. Ularga mensiz o‘ynashga tayyorlanishlarini aytish uchun bordim”, - deydi frantsiyalik futbol yulduzi.
Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Grizmanni 120 mln evro evaziga sotib oldi.



Fikrlar