
Grizmann jarohat sabab La Liganing navbatdagi turini o‘tkazib yuboradi
Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Antuan Grizmann Chempionlar ligasi guruh bosqichi so‘nggi turi doirasida Londonda “Chelsi”ga (1:1) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan edi.
Uchrashuvdan keyin o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlardan so‘ng ma’lum bo‘ldiki frantsiyalik futbolchi o‘ng oyoq son mushaklaridan jarohat olgan.
AS nashri tarqatgan xabarga ko‘ra Grizmann jarohati sabab La Liganing yaqinlashib kelayotgan “Betis”ga (10 dekabr) qarshi uchrashuvida ishtirok eta olmaydi. U shuningdek 16 dekabr kuni “Alaves” bilan o‘yinda ham jamoasiga yordam bera olmasligi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum chempionatning jami 12ta uchrashuvida ishtirok etgan Grizmann ushbu bahslarda raqiblari darvozasiga 5ta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar