Grizmann La Ligada eng ko‘p gol urgan frantsiyalik futbolchilar ro‘yxatida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi

  • 16.03.2021 19:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" hujumchisi Antuan Grizmann kecha La Liganing 27-turidan o‘rin olgan "Ueska"ga (4:1) qarshi o‘yinda o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.

E’tiborlisi, bu Grizmanning Ispaniya chempionatidagi yubiley 150-goli bo‘ldi. Antuanga ushbu natijaga erishish uchun 381 ta o‘yin kerak bo‘ldi. U ushbu gollarning 40 tasini "Real Sosedad", 94 tasini "Atletiko" va 16 tasini "Barselona" safida kiritgan.

OptaJose tarqatgan xabarga ko‘ra, Grizmann La Ligada eng ko‘p gol urgan frantsiyalik futbolchilar qatorida Karim Benzemadan (184 ta gol) so‘ng 2-o‘ringa chiqib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!