Grizmann penaltidan to‘p tepmasa ham bo‘ladi

Frantsiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann Millatlar ligasi doirasida Shvetsiyaga (1:0) qarshi kechgan bahsda penaltidan unumli foydalana olmadi.

Uchrashuvning 95-daqiqasida 11 metrlik nuqtadan Grizmann tepgan to‘p darvoza yuqorisidan o‘tib ketdi.

Shu tariqa, "Barselona" futbolchisi terma jamoada ketma-ket uchinchi marta penaltidan gol urolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!