Grizmann qachon rasman "Barselona" futbolchisiga aylanadi?
Kataloniyaning “Barselona” klubi “Atletiko” hujumchisi Antuan Grizmann bilan to‘liq kelishuvga erishdi. Endi frantsiyalik futbolchi faoliyatini “ko‘k-anor ranglilar” safida davom ettiradi.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra kataloniyaliklar yaqin vaqt ichida 27 yoshli futbolchi bilan 5 yillik shaxsiy kelishuvni imzolashadi va shundan so‘ng “matraschilar” bilan uning transferi borasida xotirjam muzokaralarga kirishadi. “Barselona” poytaxt klubi bilan iliq munosabatlarni saqlab qolish uchun ularga 115 mln evro taklif qilmoqchi. Agar “Atletiko” muzokaralardan bosh tortsa, kataloniyaliklarda Grizmanni qo‘lga kiritish uchun faqat bir yo‘l qoladi. U ham bo‘lsa futbolchining shartnomasida belgilab qo‘yilgan 100 mln evrolik tovon pulini to‘lab, uni sotib olish.
Grizmanning “Barselona”ga transferi 1 iyul kuni e’lon qilinadi. Aynan shu kuni Evropada yozgi transfer derazasi rasman ochiladi.
Fikrlar