
Grizmann terma jamoada ketma-ket 70 o‘yinda ishtirok etib kelmoqda
Frantsiya terma jamoasi futbolchisi Antuan Grizmann 2017 yildan beri terma jamoada ketma-ket 70 ta o‘yinda ishtirok etmoqda. Bilamizki, "uch ranglilar" 2018 yilgi mundialda Jahon chempioni bo‘lgan va o‘sha turnirda Antuan to‘rtta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygandi.
Bu yil Qatardagi mundial favoritlari qatorida ham Desham shogirdlari oldingi o‘rinlarda bormoqda. Ammo 31 yoshli futbolchi atigi bitta assist muallifiga aylangan.
Eslatib o‘tamiz, Frantsiya terma jamoasi guruxda birinchi o‘rinni egallab, keyingi bosqichga chiqdi. Termaning nimchorak finaldagi raqibi Polsha terma jamoasi bo‘ladi. Mazkur bahs bugun soat 20:00 da start oladi.
Fikrlar