
Grizmanning goli "Barselona"ga mavsumni g‘alaba bilan yakunlash imkonini berdi (video)
Ispaniya La Ligasining so‘nggi 38-turida “Barselona” safarda “Eybar” mehmoni bo‘ldi.
Bellashuv taqdirini 81-daqiqada Antuan Grizmann tomonidan kiritilgan yagona gol hal qildi. Shu tariqa “ko‘k-anor ranglilar” mavsumning so‘nggi o‘yinida 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar