Gukeshning kutilmagan xatosi Abdusattorovga gʻalaba olib keldi

  • 24.01.2026 15:49
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Shaxmat

Veyk-an-Zeedagi muhim partiya yakuni juda kutilmagan boʻldi — Gukeshga qarshi Nodirbek Abdusattorov.

Amaldagi jahon chempioni uchrashuvni ishonchli olib bordi va deyarli teng pozitsiyaga chiqdi. Biroq nazoratgacha yetarlicha vaqti boʻla turib, u katta xatoga yoʻl qoʻydi — 36...Lg5??, yaʼni shax bilan ladyasini berib yubordi.

Nodirbek hali 37.Fxf6+ yurishini amalga oshirishga ham ulgurmadi edi, Gukesh allaqachon bu xato tuzatib boʻlmasligini anglab yetdi. Piyoda olingach esa, Gukesh uchun taslim boʻlishdan boshqa yoʻl qolmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!