Gvardiola : "Arsenal uchun 6 ochkolik farq chempionlikka yetarmikan"

  • 09.02.2026 17:50
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLdagi chempionlik kurashi haqida fikr bildirdi.

"Biz olti ochko farq bilan orqadamiz. Bu katta farq. Ammo har qanday narsa yuz berishi mumkin. Kim biladi, "Arsenal" uchun 6 ochkolik ustunlik chempion bo‘lishi uchun yetarmikan. Hali oldimizda 13 ta o‘yin bor va bu ko‘p narsani hal qiladi. Bundan tashqari, yana Angliya Kubogi, Liga Kubogi, Chempionlar Ligasi bor. Jarohatlanishlar ham bo‘lishi mumkin. Oradagi farqni qisqartirish qiyin bo‘ladi. Lekin imkoniyatlar bor biz "Arsenal"ning izidan nafas olguday darajada yetib olamiz", - dedi "shaharliklar" ustozi.

Ma’lumot uchun, ayni vaqtda APL turnir jadvalidа Arteta boshchiligidagi "to‘pchilar" 56 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onani esa 50 ochko jamg‘argan holda "Manchester Siti" egalab turibdi. 3-o‘rinda esa 47 ochko bilan "Aston Villa" kelmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!