Gvardiola alamli mag‘lubiyatdan keyin “Siti”dagi kelajagi haqida gapirdi

  • 18.03.2026 13:26
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasi 1/8 finali javob oʻyinida Madridning “Real” jamoasiga qarshi (1:2) bahsdan soʻng oʻz kelajagi haqida fikr bildirdi.

Qayd etish joiz, ikki oʻyin natijasiga koʻra “shaharliklar” turnirni tark etdi. “Real” qatorasiga uchinchi yil manchesterliklarni Chempionlar ligasidan chiqarib yubormoqda.

- Pep, siz Biz qaytamiz dedingiz. Bu sizning Manchester Sitida qolishingizni anglatadimi?

- Men 10 yildan keyin murabbiylik faoliyatimni tugatganimda ham “biz qaytamiz”, deb aytaman, chunki men bu jarayonlarning bir qismi hisoblanaman.

“Barselona” yoki “Bavariya”da ham klubning bir qismi edim. Men “Manchester Siti”ga juda bogʻlanganman, - dedi Gvardiola.

Gvardiola 2016 yildan beri “Manchester Siti”ni boshqarib kelmoqda. Uning qoʻl ostida jamoa olti marta Angliya chempioni boʻldi, toʻrt marta Angliya liga kubogini qoʻlga kiritdi, uch marta Angliya Superkubogini yutib oldi, ikki marta mamlakat kubogini, shuningdek bir martadan Chempionlar ligasi, klublar oʻrtasidagi jahon chempionati va UEFA Superkubogini qoʻlga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!