Gvardiola AQShdan kelgan supertaklifni rad etdi

  • 02.06.2026 18:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Siti”dagi faoliyatini yakunlagan bosh murabbiy Xosep Gvardiola yaqin vaqt ichida klublarda faoliyat ko‘rsatish niyati yo‘qligini ma’lum qildi.

The Mirror nashri ma’lumotiga ko‘ra, Devid Bekxemga tegishli “Inter Mayami” klubi Gvardiolani jamoa bosh murabbiyi lavozimiga taklif qilgan.

MLS klubi rahbariyati 2026 yildgi jahon chempionati vaqtida ispaniyalik mutaxassis bilan hamkorlik masalasini muhokama qilishni rejalashtirgan.

Biroq manbaga ko‘ra, Gvardiola muzokaralarga qiziqish bildirmagan. U “Manchester Siti”dagi 10 yillik faoliyatidan keyin uzoq tanaffus qilishni va oilasiga ko‘proq vaqt ajratishni istamoqda.

Shuningdek, u dam olish davrida futboldan butunlay uzoqlashish maqsadida jahon chempionati o‘yinlariga ham bormasligi ta’kidlangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!