Gvardiola “Arsenal” bilan qanday kurashmoqchi?

  • 05.03.2026 14:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premier-ligasining joriy mavsumida chempionlik uchun kurash asosan musobaqa peshqadami “Arsenal” va “kanonirlar”ning eng yaqin ta'qibchisi “Manchester Siti” oʻrtasida kechmoqda.

Manchesterliklar oʻz maydonida “Nottingem Forest” bilan durang oʻynab, qimmatli ikki ochkoni yoʻqotganidan keyin Xosep Gvardiola “Arsenal” bilan chempionlik uchun kurash haqida odatiy savolga javob berdi.

“Nottingem Forest”ga qarshi uchrashuvdan keyin jurnalistlar Gvardioladan uning jamoasiga “kutilmagan burilishlar” yordam berishiga ishonanishi haqida soʻradi.

- Oldinda hali koʻp oʻyinlar bor, shuning uchun biz faqat kurashni davom ettirishimiz kerak, - dedi ispaniyalik murabbiy TNT Sports nashri jurnalistlariga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!