Gvardiola "Arsenal"ga ketgan Arteta o‘rniga o‘ziga yangi assistent topdi. U "Real"ning sobiq futbolchisi

  • 2 may, 2020, 12:46
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola qishda “Arsenal”ga o‘tib ketgan Mikel Arteta o‘rniga o‘ziga yangi assistent tanladi.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Pepning yangi assistenti ayni damda "Real Sosedad"ning o‘rinbosarlar jamoasini boshqarayotgan Xabi Alonso bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Gvardiola ushbu lavozimga shuningdek David Silva hamda Andres Inesta nomzodlarini ham ko‘rib chiqqan. Ammo, ular hozircha futbol o‘ynashni to‘xtatishmoqchi emasliklari ma’lum bo‘lgach, Alonso nomzodi tanlangan.

Xabi Alonso 2014-2016 yillarda “Bavariya”da aynan Gvardiola qo‘l ostida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!