Asosiy mazmunga oʻtish

Gvardiola: Arteta chempionlikni xohlasa, meni qaerdan topishni biladi. Lekin chempionlik odamni rahmini keltirib olinmaydi!

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Arsenal” muxlislarining “Mikel Artetaga chempionlikni bering” degan chaqiriqlariga javob berdi.

- Unga gʻalaba qozonish imkonini beraymi? Bu xayriya tashkiloti emas, bu Premier-liga. Menga hech kim hech narsa bermagan, hammasini oʻzim olganman. Agar Arteta chempionlikni xohlasa, u qaerda ekanimni biladi. Lekin gʻoyo men gʻalabalardan charchagandek, chetga chiqishimni soʻramanglar… Men gʻalaba qozonishdan charchamayman.

“Arsenal”ni chempionlikka loyiq, deyishyapti. Nima uchun loyiq? Chiroyli qilib ikkinchi oʻrinni olgani uchunmi? Sovrinlar rahm-shavqat bilan berilmaydi. Siz mening yana gʻalaba qozonishimni istamaysizmi? Unda meni toʻxtatinglar. Hammasi juda oddiy, - dedi Gvardiola.

Mavsumning hal qiluvchi pallasida Angliya Premier-ligasi gʻolibligi uchun faqat “Arsenal” va “Manchester Siti” daʼvogarlik qiladigan holatda turibdi. Qolgan jamoalar bu mavsum bosh sovrin uchun kurashdan ancha erta chiqqan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q