Gvardiola barcha murabbiylarni ortda qoldirdi (foto)

  • 29.08.2023 16:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasining uchinchi turida amaldagi chempioni “Manchester Siti” safar uchrashuvida “Sheffild Yunayted”ni 3:1 hisobida tor-mor keltirdi.

Bu “shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uchun Angliya Premer-ligasidagi 200-g‘alaba sifatida qayd etildi.

Ispaniyalik mutaxassis bu marraga boshqa murabbiylardan tezroq erishdi. Gvardiola 200 ta g‘alaba uchun atigi 269 ta uchrashuv kifoya qildi.

image_2023-08-28_00-16-11

Bungacha rekord natija ser Aleks Fergyusonga tegishli bo‘lib turgandi. “Manchester Yunayted”ning sobiq murabbiyi 322-o‘yinda 200-g‘alabasini nishonlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!