
Gvardiola Benzema haqida qanday fikrda?
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Real"ning frantsiyalik hujumchisi Karim Benzema haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
"Men Benzemaga qoyil qolaman. Bu faqat "Real"da 10 yildan ortiq o‘ynagani uchungina emas.
Mavsumni yaxshi o‘tkazish mumkin, lekin gap faqat futbolchining ko‘p gol urishida emas, balki futbolchining butun jamoaga ta’sirida. Benzemaning faoliyati ajoyib. U juda kuchli”, - deydi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Real" va "Manchester Siti" Chempionlar ligasi yarim finalida o‘zaro bahs olib boradi.
Fikrlar