Gvardiola: "Bernardu Silva eng aqlli futbolchilardan biri"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Liverpul" ustidan 3:0 hisobidagi yirik g‘alabadan so‘ng Bernardu Silvaning o‘yinini yuqori baholadi.
"U bunday o‘yinning ustasi. Tempni his qilish, to‘pni tortib olish, tezlashish va sekinlashish, bo‘sh joyni topish intuitsiyasi, vaziyatni boshqarish qobiliyati – bularning barchasi unda bor. U men duch kelgan eng aqlli futbolchilardan biri.
O‘tgan mavsumda Bernardu qiyinchiliklarga duch keldi, ammo u har bir o‘yinda biz bilan bo‘lgan. U charchagandi — 50–60 daqiqadan so‘ng yugurishga ham kuch topolmasdi.
Ba’zi paytlarda u menga: "Pep, men butunlay charchadim, ongim ham, oyoqlarim ham qolmadi”, derdi. Lekin shunday bo‘lsa ham u jamoa bilan edi. Men ko‘p bor aytib kelaman — bu narsa hech qachon unutilmaydi.
Shu sababdan ham u bizning sardor. Chunki eng og‘ir pallalarda ham u yonimizda bo‘ldi", — dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar