
Gvardiola bir o‘yinchidan qutila olmayapti
“Manchester Siti” tarixidagi eng qimmat olingan o‘yinchilardan Jek Grilish yozgi transferlar oynasi ochilganidan beri o‘ziga yangi jamoa qidirmoqda.
Xosep Gvardiola angliyalik yulduz tezroq ish topishi uchun uni AQShda o‘tkazilgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga jalb qilmadi. Shunga qaramay, Jek yangi jamoa topa olgani yo‘q.
ESPN jurnalistlarining aniqlashicha, Grilish yana “Manchester Siti”da mashg‘ulot boshladi. Shu bilan birga o‘ziga mos jamoa qidirishni davom ettiradi.
Hozir tajribali o‘yinchiga “Everton” va “Vest Xem” qiziqish bildirmoqda. “Shaharliklar” aslida uni sotib yuborishni istayotgan bo‘lsa-da, vaziyatdan kelib chiqib, ijara variantini ham ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirda.
2021 yildan beri manchesterliklar sharafini himoya qilayotgan Grilish o‘tgan mavsumda 32 ta uchrashuvda ishtirok etib, o‘z hisobiga uchta gol va beshta assist yozdirib qo‘ydi.
Fikrlar