Gvardiola: "Biz o‘yinni birinchi bo‘limning o‘zidayoq hal qilishimiz mumkin edi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APLning 13-turida "Lids" ustidan 3:2 hisobidagi g‘alabadan keyin o‘z fikrlarini bildirdi.
"Hozirgi holatda g‘alaba qozonish – bu engillik. APLda vaziyat qanday ekanini bilamiz. Birinchi taym ideal bo‘lmadi: bir necha bor to‘pni yo‘qotdik, lekin raqibga birorta zarba berishga imkon bermadik. Biz to‘rt-beshta aniq imkoniyat yaratdik – o‘yin o‘sha paytdayoq hal bo‘lishi mumkin edi.
Ikkinchi taymda ular taktikasini o‘zgartirib, 5-3-2 tizimiga o‘tishdi va biz gol o‘tkazdik. Pressingni ham to‘g‘rilashga to‘g‘ri keldi. O‘sha vaziyatda bizga qiyin bo‘ldi. 2:2dan keyin esa kuchaytirdik, hujumga ko‘proq o‘yinchilarni qo‘shdik – Omar (Marmush), Fil (Foden), Rayan (Sherki) – va uchinchi gol uchun etarli vaziyatlar yaratdik. Oxirida Filning mahoratli o‘yini ish berdi. Uning qaytganidan xursandmiz: ikki gol va yuqori sifatli o‘yin.
Biz uch ochkoni oldik. Agar o‘yinga umumiy qaralsa, hammasi birinchi taymdayoq hal bo‘lishi kerak edi. Premer-ligada esa uchinchi golni o‘tkazsang ham, o‘yin tugamaydi. Ba’zan aynan shunday g‘alabalar zarur bo‘ladi. Bugun tunda ligada ikkinchi o‘rinda uxlaymiz. Olg‘a intilamiz!" – dedi Gvardiola "BBC"ga bergan intervyusida.
Fikrlar