Gvardiola: "Bunday natijalar bilan "Real" yoki "Barsa" meni haydab yuborishardi"

  • 12 iyun, 19:56
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pep Gvardiola, "Manchester Siti" bosh murabbiyi bu yilgi omadsiz mavsum haqida fikr bildirdi. Uning gaplariga ko‘ra, agar u Ispaniya klublarida shunday natija qayd etganida uni bo‘shatishar edi.

Tecno

"Biz biroz sabrliroq bo‘lishimiz kerak. Karlo Anchelottiga qarang: u yaqinda Chempionlar Ligasi va La Ligani yutdi, hozir esa Braziliya terma jamoasini boshqarishga ketdi.

Oktabr, noyabr va dekabr oylaridagi natijalar bilan Ispaniyada bo‘lganimda, men allaqachon ishsiz qolgan bo‘lardim. Agar bu "Barselona" yoki "Real" bo‘lganida, meni darhol bo‘shatishgan bo‘lardi, lekin bu erda (Angliyada) bu haqda hatto gap ham bo‘lmadi.

Men doimo vaziyat og‘irlashganida uni yaxshilash yo‘lini topa olganman, ammo bu yil bu menga nasib etmadi. O‘zimga doimo "hammasi joyida, sen yaxshi ishlayapsan" deb takrorlashga harakat qildim. Ko‘p o‘yladim: qanday qilib vaziyatni tuzatishim mumkin, qanday o‘zgarishlar qilishim kerak," – dedi Pep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!