Gvardiola: "Chelsi" va "Palmeyras" dunyoning eng kuchli klublari

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xosep Gvardiola kecha bo‘lib o‘tgan "Brentford"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Unga ko‘ra, mutaxassis "Manchester Siti"ni eng kuchli klub, deb hisoblamaydi. 

"Yo‘q, biz dunyodagi eng zo‘r klub emasmiz. Eng kuchli jamoalar - "Chelsi" va "Palmeyras". Sababi, birinchisi Evropada, ikkinchisi Janubiy Amerikada tengsiz bo‘ldi. 

Biz uchun keyingi bahs haqida o‘ylash muhimroq. Kim kuchli ekani meni umuman qiziqtirmaydi. 

Har safar yaxshiroq o‘yin ko‘rsatish uchun harakat qilamiz. O‘ylaymanki, yakunda buning natijasi biz o‘ylagandek bo‘ladi", - dedi ispaniyalik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!