
Gvardiola finaldagi mag‘lubiyat sababini aytdi
“Manchester Siti” joriy mavsumni sovrin bilan yakunlashdagi yagona imkoniyatini ham boy berdi. “Shaharliklar” Angliya kubogi finalida “Kristal Pelas”ga 0:1 hisobida yutqazdi. Umar Marmush esa, 11 metrlik belgidan to‘p kirita olmadi.
Bellashuvdan keyin manchesterliklar bosh murabbiyi Xosep Gvardiola mag‘lubiyatga quyidagicha izoh berdi.
- Biz o‘yinga tuzgan rejamiz ish bermagani uchun yutqazdik. Lekin men bundan afsusda emasman. Jamoamda imkoniyatlar bo‘ldi. Biroq raqib jarima maydonchasi ichida himoyalanuvchilarning ko‘pligi gol urishga qiyinchilik tug‘dirdi.
Endi biz biroz dam olamiz. Chunki Evropa Chemmpionlar ligasiga chiqish uchun oldindagi finalga teng ikki o‘yingacha tiklanib olishimiz shart, - dedi Xosep Gvardiola.
Ta’kidlash joizki, “Kristal Pelas” Angliya kubogini qo‘lga kiritib, o‘z tarixida ilk bor nufuzli sovrin sohibiga aylandi.
Fikrlar