Gvardiola: "Futbol shunchaki futbol bo‘lib qolaveradi"

  • 29.10.2025 16:28
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola so‘nggi yillarda futboldagi o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi.

So‘nggi paytlarda Premer-liga jamoalari autdan to‘pni o‘yinga kiritishni ham hujum quroli sifatida ko‘proq qo‘llay boshladi. Jurnalistlar ispaniyalik murabbiydan bu usul o‘yin sifatini yomonlashtirmaganmi, deb so‘rashdi.

"Futbol shunchaki futbol bo‘lib qolaveradi. Hamon maydonda 11 taga qarshi 11 ta futbolchi, maydon ham o‘sha-o‘sha. O‘yin shunchaki evolyutsiya qilmoqda — bu uning yaratilgan kunlaridanoq tabiiy jarayon. Ha, jamoalar autlarni burchak to‘pidek ijro etishmoqda, jarima maydonini o‘nta futbolchi bilan to‘ldirishmoqda. Biz "Brentford"ga qarshi o‘yinda qiynalgan edik, "Liverpul" ham xuddi shunday mushkul holatga tushdi. Hozirgi futbol ana shunday.

Standart holatlar doimo xavf tug‘diradi. Albatta, biz bu jihatga jiddiy e’tibor qaratamiz. Menda shunday his borki, agar o‘yinni yaxshi nazorat qilsak, raqiblarda burchak to‘pi va autlar uchun imkoniyatlar kamayadi", — dedi Gvardiola.

Bugun "Manchester Siti" Liga kubogi doirasida "Suonsi"ga qarshi bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!