Gvardiola futbolda “yangicha qurol”ni ishga soladi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola keyingi paytda zamonaviy futbolda natijaga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan yangi usul paydo bo‘lganini aytib, undan “yangi qurol” sifatida foydalanmoqchi ekanini e’tirof etdi.
Ispaniyalik mutaxassisning ta’kidlashicha, yon chiziqdan to‘pni o‘yinga kiritishda to‘pni raqib jarima maydonchasi ichiga yoki bevosita darvoza atrofiga tashlab berish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
- Yon chiziqdan to‘pni uzoq masofaga tashlab berishning ahamiyati oshyapti. Biz ham qo‘lida kuchi bor, ko‘ng elkali, to‘pni uzoqqa – jarima maydonchasi ichiga otib beradigan o‘yinchi olishimizga to‘g‘ri keladi.
Hozir buni eplaydigan o‘yinchimiz yo‘q. Ilgari Kayl Uoker bor edi, lekin uning bu mahoratini foydalanmas edik.
Bu tendentsiya ko‘p klularda bor. Bu xuddi burchak zarbasidek gap, uni bartaraf etish oson emas. Ayni paytda “Brentford”, “Tottenxem” va “Arsenal” shunday o‘ynayapti. Bu menga yoqish-yoqmasligi muhim emas. Bu yangi “qurol” va biz bunga ko‘nikishimiz kerak, - dedi Xosep Gvardiola.
Fikrlar