Asosiy mazmunga oʻtish

Gvardiola: "Gexi — klub uchun ko‘p yillarga mo‘ljallangan ajoyib transfer"

  • Izohlar: 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Vulverxempton"ga qarshi oʻyindan soʻng (2:0) himoyachi Mark Gexining transferiga baho berdi. Shanba kuni Gexi "shaharliklar" safida ilk bor maydonga tushdi.

— Gexi bizga uzoq yillar uchun keldi, bu haqiqatan ham juda yaxshi transfer. U ideal yoshda. Bu klub uchun kelajakka qaratilgan ajoyib transferdir. Bu ishonish mumkin boʻlgan futbolchi — buni hatto ikki mashgʻulotdan keyinyoq koʻrish mumkin. Uning harakatlari, muloqoti, maydonda boʻlayotgan vaziyatni koʻra olishi, pozitsiyalarni oʻqishi… Juda yuqori saviya, — dedi Gvardiola jurnalistlar bilan suhbatda.

Maʼlumot oʻrnida, 25 yoshli Mark Gexi "Manchester Siti"ga "Kristal Pэlas" jamoasidan koʻchib oʻtgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q