
Gvardiola: "Gvardiol, Nunes va Xusanov bilan biz hujumdan himoyaga qaytishda ham katta tezlik va kuchga egamiz”
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola “Byornli” ustidan 5:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Jeremi Doku va Mateus Nunesni alohida maqtadi. Shuningdek, Xusanov haqida ham qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
“Menga shunday tuyulyaptiki, Jeremining qaror qabul qilishi so‘nggi paytlarda juda-juda yaxshilandi. U gollar uryapti, assistlar qilyapti, bo‘sh zonalarga yaxshi uzatmalarni amalga oshiryapti. Himoyaviy o‘ynaydigan jamoalarga qarshi Doku ulkan xavf hisoblanadi. Agar o‘yin ko‘proq tezkor hujumlarga asoslangan bo‘lsa, u biroz qiynalishi mumkin. Lekin raqib jarima maydonida bo‘lsa, u juda kuchli. Masalan, ikkinchi gol paytida Jeremi to‘pni oldi va darhol ikki-uch raqib unga yopishdi. Chunki jarima maydonida u bilan birga-bir qolishning iloji yo‘q. 5–10 metrda hech bir vinger Jeremi bilan tenglasha olmaydi. U chapga ham, o‘ngga ham o‘tib keta oladi. Bu esa boshqa futbolchilarimizni bo‘sh qolishiga sabab bo‘ladi. Ikkinchi gol bunga misol, chunki Gvardiol erkin holda pas bera oldi.”
Gvardiola shuningdek, ikkinchi bo‘limda muhim gol kiritgan va bir nechta xavfli vaziyatda ishtirok etgan portugaliyalik Mateus Nunesni ham maqtadi.
“Bizga Nunesning jismoniy kuchi kerak. Uning jasorati, tezligi va bor energiyasi bizga juda muhim. Gvardiol, Nunes va Xusanov bilan birga hujumdan orqaga qaytib himoyada ham ajoyib tezlik va jismoniy imkoniyatlarga egamiz."Byornli’" ko‘p hollarda uzoq paslar orqali hujum tashkil qildi. Shunday vaziyatlarda Nunes juda ko‘p yordam bera oladi. U yarim himoyachi bo‘lgani uchun yaxshi paslar berish, samarali assistlar qilish qobiliyati ham kerak. Men undan bundan keyin ham shu ishlarni qayta-qayta qilishini istayman.”
Fikrlar