
Gvardiola hammani “choyxona”ga chaqirdi
Angliya Premer-ligasining ettinchi turini “Brentford” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi murakkab uchrashuv yakunlab berdi. Bu bahsda “shaharliklar” uch ochko olib ketdi.
“Manchester Siti”ga g‘alaba keltirgan golni norvegiyalik hujumchi Erling Xoland to‘qqizinchi daqiqadayoq kiritdi. Qolgan vaqt mobaynida tomonlar bir necha bor xavfli hujumlar tashkil qilganiga qaramay, hisob o‘zgarmay qoldi.
Statistikalarga ixtisoslashgan Opta tadqiqotlar markazi bu g‘alaba Xosep Gvardiola nomiga yangi rekord sifatida yozilganini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Angliya Premer-ligasida eng tez 250 ta g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi.
Bu ko‘rsatkichni qayd etish uchun Gvardiolaga jami 349 ta uchrashuv kifoya qilgan. Pepning shogirdlari yana 50 ta o‘yinda durang qayd etgan va 49 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Xosep Gvardiolaning o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov jarohati tufayli ustozi uchun tarixiy ahamiyat kasb etgan g‘alabali o‘yinda qatnasha olmadi.
Ispaniyalik mutaxassis uchrashuvdan keyin o‘zi o‘rnatgan rekorddan xabar topganini aytdi va hamkasblarini mehmon qiladigan bo‘ldi.
- Men o‘zim rekordlarini urgan barcha murabbiylarni mehmonga taklif qilaman. Ular bilan bir dasturxonda o‘tirish men uchun katta sharaf. 10 ta mavsumda 250 ta g‘alaba harholda yomon natija emas. To‘g‘risi bundan xabarim yo‘q edi, eshitim juda mamnun bo‘ldim, - dedi Xosep Gvardiola.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, ispaniyalik murabbiy Angliya Premer-ligasida katta natijalarni qo‘lga kiritgan Aleks Fergyuson va Arsen Vengerni ziyofatga taklif qildi. Gap shundaki, 250 ta g‘alaba qozonish bo‘yicha Gvardiola aynan shu mutaxassislar rekordini yangiladi. "Manchester Yunayted" ser Aleks Fergyuson qo‘l ostida 404 ta uchrashuvda 250 ta g‘alabani nishonlagan. Arsen Venger boshqaruvidagi "Arsenal" Premer-ligada 250 marotaba o‘zafar quchish uchun 423 ta o‘yinda ishtirok etgan.
- Bu rekord men uchun juda katta ahamiyat kasb etadi, chunki bunaqa natijaga erishishning o‘zi bo‘lmaydi. Menga ser Aleks Fergyuson va Arsen Venger bilan bir qatorda turish sharaf. Ularni bir yaxshi ziyofatga taklif qilaman. Balki bu uchrashuv serquyosh joylarda bo‘lar. Yo‘q, yaxshisi Manchesterda o‘tiramiz, - dedi Xosep Gvardiola.
Husanov o‘rniga jahon chempioni keladi!
Husanovning ustozi superrekord o‘rnatdi
Husanov jamoasida yana jiddiy o‘zgarish bo‘ladi: Xoland va Rodri ketishi kutilyapti
O‘zbekiston terma jamoasi etakchilarining Kannavaro murabbiyligiga munosabati qanday?
Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni qabul qilayotgan Kannavaroga o‘zgacha murojaat qildi
Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!
Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!
Fikrlar