Husanovning ustozi superrekord o‘rnatdi
Angliya Premer-ligasining ettinchi turini “Brentford” va “Manchester Siti” o‘rtasidagi murakkab uchrashuv yakunlab berdi. Bu bahsda “shaharliklar” uch ochko olib ketdi.
“Manchester Siti”ga g‘alaba keltirgan golni norvegiyalik hujumchi Erling Xoland to‘qqizinchi daqiqadayoq kiritdi. Qolgan vaqt mobaynida tomonlar bir necha bor xavfli hujumlar tashkil qilganiga qaramay, hisob o‘zgarmay qoldi.
Statistikalarga ixtisoslashgan Opta tadqiqotlar markazi bu g‘alaba Xosep Gvardiola nomiga yangi rekord sifatida yozilganini ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis Angliya Premer-ligasida eng tez 250 ta g‘alaba qozongan murabbiyga aylandi.
Bu ko‘rsatkichni qayd etish uchun Gvardiolaga jami 349 ta uchrashuv kifoya qilgan. Pepning shogirdlari yana 50 ta o‘yinda durang qayd etgan va 49 marta mag‘lubiyatga uchragan.
Xosep Gvardiolaning o‘zbekistonlik futbolchisi Abduqodir Husanov jarohati tufayli ustozi uchun tarixiy ahamiyat kasb etgan g‘alabali o‘yinda qatnasha olmadi. 21 yoshli legionerimiz yana ikki hafta davomida davolanishi kerakligini aytilmoqda.
Xolandning to‘xtash niyati yo‘q
“Manchester Siti” hujumchisi Erling Xoland Angliya Premer-ligasida to‘purarlik mahoratini namoyish qilishda davom etmoqda.
25 yoshli hujumchining yagona goli “shaharliklar”ga safar uchrashuvida “Brentford” ustidan g‘alaba qozonish imkonini berdi. Xoland mavsum boshidan beri ettita o‘yindan oltitasida raqiblar darvozasiga yo‘l topa olgan. Shu uchrashuvlardan teng yarmi – uchtasida dubl qayd etgani ahamiyatli.
Bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 13 taga etkazgan “Manchester Siti” musobaqa jadvalida yana yuqorilib, beshinchi o‘rindan joy oldi. Manchesterliklarni chempionatda peshqadamlik qilayotgan “Arsenal”dan atigi uch ochko ajratib turibdi.
Erling Xoland esa, Premer-liga doirasidagi o‘yinlarda urgan gollari sonini to‘qqiztaga etkazdi va to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinda boryapti. Uning eng yaqin ta’qibchisi Antuan Semeno (“Bornmut”) hisobida oltita gol bor.
“Siti”da katta yo‘qotish
“Manchester Siti” Angliya Premer-ligasining ettinchi turida “Brentford” maydonidan muhim g‘alaba bilan qaytdi. Uchrashuvda Erling Xoland tomonidan kiritilgan yagona gol “shaharliklar” musobaqa jadvalida kuchli beshlikka qo‘shdi.
Biroq bu to‘qnashuvda Xosep Gvardiola jamoasi juda katta yo‘qotishga uchradi. O‘tgan mavsumni salomatligini tiklash va davolanishga sarflab yuborgan Rodri hali ham to‘liq oyoqqa tura olmayotgani achinarli holdi.
29 yoshli futbolchi yangi mavsumning o‘zida bir necha bor jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmadi. “Brentford” bilan bo‘lgan bahsning 21-daqiqasida yana og‘riq sezdi va o‘yinni davom ettira olmadi.
Ayni paytda “Oltin to‘p” sohibining ahvoli Xosep Gvaridiola, murabbiylar shtabi va hatto jamoa muxlislarini ham bezovta qilmoqda.
Endi Rodri klub tibbiyot xizmati tomonidan qo‘shimcha chuqurlashtirilgan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shundan so‘ng jarohat darajasi va davolanish muddatiga oydinlik kiritiladi.
Husanov jamoasida yana jiddiy o‘zgarish bo‘ladi: Xoland va Rodri ketishi kutilyapti
O‘zbekiston terma jamoasi etakchilarining Kannavaro murabbiyligiga munosabati qanday?
Ispaniyada o‘ynagan yulduz O‘zbekistonni qabul qilayotgan Kannavaroga o‘zgacha murojaat qildi
Tezkor: Husanov haqida noxush xabar!
Kutilmagan vaziyat: Buyog‘iga Husanov ancha qiynaladigan bo‘ldi!
Fikrlar