Gvardiola: "Hayronman, nega "Bornmut"ning goli bekor qilinmadi"

  • 03.11.2025 13:41
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Siti" APLning 10-turida "Bornmut" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. 25-daqiqada "Bornmut" yarim himoyachisi Tayler Adams burchak to‘pidan keyin Janluiji Donnarumma chiqishda xatoga yo‘l qo‘ygan vaziyatda gol urdi. Darvozabon hakam Entoni Teylorni Devid Bruks unga qarshi qoida buzganiga ishontirishga urindi.

Ushbu vaziyatga esa manchesterliklar ustozi hisoblangan Xosep Gvardiola o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

"Biz o‘tkazib yuborgan golni qayta ko‘rib chiqsangiz, ishonish qiyin — fol aniq, lekin nega bekor qilinmaganini tushunish juda mushkul.

Ba’zan tushunarsiz holatlar bo‘ladi. Ammo biz barqarorlikni saqladik va ikkinchi gol urish uchun fursatdan foydalandik", — dedi "shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!