Gvardiola hech qachon bunchalik yomon natija qayd etmagan
"Manchester Siti" APL doirasida "Vest Xem" (1:1) bilan durang o‘ynadi.
Xosep Gvardiola shogirdlari 5 ta bahsdan so‘ng, 8 ochko jamg‘ardi xolos.
Bu natija ispaniyalik murabbiy faoliyatidagi eng yomon ko‘rsatkich bo‘ldi. Bungacha, Gvardiola boshchiligidagi klub mavsum startidagi dastlabki 5 ta uchrashuvda hech bo‘lmaganda 10 ochko to‘plagan.
Hozirda "shaharliklar" APL turnir jadvalining 11-pog‘onasidan joylashgan.



Fikrlar