Gvardiola himoyachi bilan shartnomani yangilashni talab qilmoqda

  • 22.12.2025 07:13
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 Bu haqda TEAMtalk va The Guardian kabi mashhur nashrlar xabar bermoqda.

Tecno

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoa markaziy himoyachisi Yoshko Gvardiol bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlash tashabbusini ilgari suryapti.

23 yoshli xorvatiyalik futbolchi joriy mavsumda asosan markaziy himoyachi sifatida Ruben Diash bilan birga o‘ynamoqda. O‘tgan chempionatda Gvardiol asosan chap qanot himoyachisi vazifasini bajargan edi.  

Manbalarga ko‘ra, klub Gvardiolni uzoq muddatli rejalarda asosiy figura sifatida saqlab qolishni istaydi va u joriy mavsumning o‘zida yangi shartnoma imzolashini xohlamoqda.

Garchi Gvardiolning hozirgi shartnomasi 2028 yilgacha amal qilsa-da, “Manchester Siti” uni yozga qadar uzaytirish orqali jamoada barqarorlikni ta’minlashni maqsad qilgan.

Yangi shartnomada futbolchining maoshi sezilarli darajada oshirilishi kutilmoqda. Yoshko Gvardiol bu mavsumda Gvardiola eng ko‘p foydalangan futbolchilardan biriga aylangani uning klub uchun qanchalik muhim ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, “Barselona” himoya chizig‘ini kuchaytirish imkoniyatlarini faol o‘rganmoqda va ayni damda aynan Yoshko Gvardiol ushbu pozitsiya uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda.

Joriy mavsumda Yoshko “Manchester Siti” safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda qatnashib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!