Gvardiola Husanov va boshqa shogirdlarini xursand qildi
Zamonaviy futbolda aksariyat charm to‘p ustalari eng muvaffaqiyatli murabbiylardan hisoblangan Xosep Gvardiola bilan ishlashni orzu qiladi.
Xususan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning 2025 yil yanvarida “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tishida ham ispaniyalik mutaxassisning tashabbusi, roziligi va tanlovi muhim rol o‘ynagan.
Qolaversa, Xosep Gvardiola yozgi transferlar davrida ijaraga jo‘natilishi kutilgan o‘zbek legionerini jamoada olib qoldi va birinchi turdayoq zaxiradan bo‘lsa-da, o‘yinga tushirdi.
O‘tgan mavsumdagi inqirozdan keyin jamoasining janvogarligini ko‘tara olgan Xosep Gvardiolada hozirgi tarkib bilan uzoqroq ishlash istagi paydo bo‘ldi. Bosh murabbiy klub bilan kelishuvni uzaytirishi mumkinligini aytgani uning shogirdlarini xursand qildi.
- Shartnomam bo‘yicha hali ikki yillik muddat bor, katta ehtimol bilan kelishuvni yana ikki yilga uzaytirarman.
Bu borada asosiy masala – men qachon to‘xtashni istashimda. Bu balki shu yil yoki ikki, xatto to‘rt yildan keyin bo‘lishi mumkin. Tanaffus qiladigan paytim keladi, ammo hozir hamma ishlarim joyiga tushdi.
Jamoa AQShdagi jahon chempionatidan boshlab, kayfiyatimni ko‘tarib kelmoqda. U erdagi turnirda nimalarnidir yarata oldik, men o‘zimga yoqadigan va o‘tgan yili bizga etishmagan narsalarni ko‘rdim. Bularning bari bizga o‘tgan yilgidan yaxshiroq natijalar qayd etishimizga yordam beradi, - dedi Xosep Gvardiola.
Donnarumma “Siti” darvozasini “tortib” olmoqchi
“Pari Sen-Jermen” va Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini “Manchester Siti”da davom ettirish imkoniyatidan mamnun ekanini bildirdi.
26 yoshli golkiper “shaharliklar” jamoasiga qo‘shilib, asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashga tayyorligini ta’kidlamoqda.
Taniqli insayder Fabritsio Romanoning ma’lum qilishicha, Donnarummaning “Manchester Siti”ga o‘tishga chorlayotgan asosiy omil bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan ishlash imkoniyatidir.
Ayni paytda futbolchi manchesterliklar bilan shaxsiy shartnomasini kelishish arafasida, klublar o‘rtasidagi muzokaralar ijobiy ruhda davom etmoqda.
2021 yilning dunyodagi eng zo‘r darvozaboni, dab topilgan Donnarumma o‘sha yilning yozida “Milan”dan PSJga o‘tgan edi. Shu paytga qadar u jami 161 ta uchrashuvda qatnashib, shulardan 56 tasida darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Gvardiola yangi sardorni qanday tanlaganini aytdi
“Manchester Siti”ga yangi sardor tayinlandi. Endi bu mas’uliyatni vazifani portugaliyalik hujumkor futbolchi Bernardu Silva bajaradigan bo‘ldi.
- Men Silvani bitta xususiyatiga ko‘ra tanladim. O‘tgan mavsumda biz juda jiddiy muammolarga duch keldik. Bernardu har doim yonimizda turdi. U tinimsiz mehnat qildi, har kuni kuchi boricha ishladi.
Tarkibimizda 13-14 ta o‘yin va akademiyadan chiqqan yoshlar qolgandi, har uch kunda yutqazardik. Bernardu Silva shunda ham elkama-elka turdi. Doim yordamga tayyorligi uchun ham u sardorlikka munosib.
Bernardu o‘z o‘rnidan tashqari, har ikki qanot himoyasida, tayanch zonada ham o‘ynashiga to‘g‘ri keldi. U juda zo‘r sardor bo‘la oladi, - dedi Xosep Gvardiola.
31 yoshli futbolchi “shaharliklar” safida 2017 yildan beri muntazam o‘ynab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyunigacha tuzilgan va katta ehtimol bilan hamkorlik yana uzaytiriladi.
Tezkor: Fayzullaevdan xushxabar!
Husanov, o‘ynashni shu yulduzlardan o‘rgan! Dunyoning eng zo‘r markaziy himoyachisi aniqlandi
Qoch, Fayzullaev kelyapti!
Husanov “boyvachchalar” qatoriga qo‘shildi
Husanov o‘ynagan uchrashuvda Gvardiola nimalar yoqmaganini aytdi!
Husanov bo‘yicha Gvardiola yangi reja tuzib qo‘ydi
Fikrlar