Gvardiola Husanovni maqtadi

  • 17.01.2026 10:38
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Abduqodir Husanov haqida fikr bildirdi.

"Shaharliklar" ustozi bo‘lajak derbi oldidan matbuot anjumanida markaziy himoyachi Abduqodir Husanovning o‘yini haqida gapirdi.

"Husanov "Arsenal"ga qarshi o‘yinda jarohat olguniga qadar mavsum boshida doimiy o‘yin amaliyotiga ega bo‘lib kelayotgan edi.Shundan so‘ng ko‘plab o‘yinlarni o‘tkazib yubordi, chunki Ruben Diash juda zo‘r formada edi. Abduqodir har safar maydonga tushganida o‘zini zo‘r ko‘rsatmoqda", - dedi ispaniyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, Manchester derbisi soat 17:30da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!