Gvardiola: "Husanovning zaxirada o‘tirishi menga yoqmaydi" (To‘liq matbuot anjumani)

  • 18 may, 11:47
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, kecha Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti" Angliya kubogida "Kristal Pelas"ga 1:0 hisobiga imkoniyatni boy berdi. Ushbu uchrashuvdan so‘ng ispaniyalik mutaxassis asosan Klaudio Echeverrining zaxiradan maydonga tushgani va bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida gapirdi. Shu bilan birga, zaxirada qolib ketayotgan hamyurtimiz Abduqodir Husanov va uning boshqa jamoadoshlari haqida ham qisqacha o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Klaudio Echeverrining o‘yinga qanday qo‘shilgani haqida:

"To‘g‘risini aytganda, uning o‘yin uslubi va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, bu yomon qaror emas edi. Uning kichik maydonlarda uchta imkoniyati bo‘lgan edi! Men uni mashg‘ulotlarda ko‘rganim uchun shunday xulosaga keldim... 

Qarang, Abduqodir Husanov va Vitor Reys bor. Ular har doim zaxirada va bu menga yoqmaydi"
- dedi manchesterliklar mutaxassisi. 

Manchester City's Abdukodir Khusanov during the Emirates FA Cup Quarter Final match between AFC Bournemouth and Manchester City at Vitality Stadium...

Bundan tashqari, Gvardiola Klaudioning nega zaxiradan tushganining asosiy sababini ham tushuntirib berdi:

"Men buni bilaman. Sababi, mazkur turnir Angliya kubogi. Echeverri boshqa musobaqalarda ham ishtirok etishi kerak. Biroq, u tor hududlarda juda yaxshi harakat qilmoqda. O‘sha daqiqalarda men o‘yinda nimadir bo‘lishini his qildim".

Claudio Echeverri of Manchester City reacts at the end of the Emirates FA Cup Final match between Crystal Palace and Manchester City at Wembley...

Jamoa ustozi bo‘lajak uchrashuvlar haqida qisqacha gapirdi: 

"Oldimizda yana ikkita o‘yin bor. Shuning uchun bugun dam olib, mashg‘ulotlar haqida o‘ylab, keyin esa ertaga seshanba kungi "Bornmut"ga qarshi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rishimiz zarur".

Head Coach Pep Guardiola of Manchester City during the Emirates FA Cup Final match between Crystal Palace and Manchester City at Wembley Stadium on...

Asosiy muammolarining echimlari haqida: 

"Menimcha, so‘nggi bir oy ichida biz butun mavsum davomida himoyada va gol urishdagi muammolarimizni bartaraf etdik. Juda ko‘p gol o‘tkazib yubordik. Ammo so‘nggi davrda shunchalik barqaror bo‘ldikki, to‘qqizta o‘yinda atigi beshta gol o‘tkazdik. Demak, biz barqaror holatga keldik". 

Head Coach Pep Guardiola of Manchester City after his sides 1-0 defeat during the Emirates FA Cup Final match between Crystal Palace and Manchester...

Kim penaltini amalga oshirishini siz aytdingizmi?

"Ular maydonda qaror qabul qilishdi. Bilmadim, ular bilan gaplashganim yo‘q".

Erling Haaland of Manchester City interacts with match referee Stuart Attwell as Omar Marmoush of Manchester City prepares to take his sides penalty...

So‘nggi ikki bellashuv o‘rtasidagi solishtiruv: 

"Biz "Sautempton"ga qarshi o‘yinga nisbatan yaxshiroq o‘ynadik. Juda ko‘p jihatlarda a’lo darajada harakat qildik va ko‘plab imkoniyatlar yaratyapmiz. Biroq, gol ura olmayapmiz. Shu sababli g‘alaba qozona olmadik" - deya o‘z so‘zlarini yakunlandi jamoa bosh murabbiyi.

Erling Haaland and Omar Marmoush of Manchester City react during the Emirates FA Cup Final match between Crystal Palace and Manchester City at...

Eslatib o‘tamiz, milliy terma jamoamiz himoyachisi Abduqodir Husanov so‘nggi bor "Bornmut"ga qarshi Angliya kubogi doirasidagi bellashuvda ishtirok etgan edi. Undan so‘ng esa ketma-ket uchrashuvlarda ishtirok etmayapti. 

Manchester City's Abdukodir Khusanov warms up ahead of the Emirates FA Cup quarter final match at the Vitality Stadium, Bournemouth. Picture date:...
 
Ma’lumot o‘rnida, hozirda "shaharliklar" Angliya Premer-ligasida 36 ta uchrashuvdan so‘ng 65 ochko to‘plagan holda, 6-o‘rinni band etib turibdi. Agar jamoa bu turdagi uchrashuvda muvaffaqiyatga erishib, 3 ochko qo‘lga kiritsa, 3-o‘ringacha ko‘tarilishi mumkin.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!