Gvardiola ikki himoyachini alohida e’tirof etdi
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bornmut"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoaning ikki qanot himoyachisi hisoblangan Nunes hamda O‘'Raylini alohida ta’kidladi.
"Mateus Nunes va Niko O‘'Rayli juda ajoyib o‘yin o‘tkazishdi", - deya qisqa ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik murabbiy.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" Angliya Premer-ligasining 10-turidan so‘ng 19 ochko jamg‘argan holda, 2-o‘rinda bormoqda. Peshqadam "Arsenal"dan esa 6 ochko ortda qolmoqda. Shuningdek, "Liverpul" va "Bornmut"dan 1 ochko oldinda.
Eslatib o‘tamiz, APLning navbatdagi turida "Manchester Siti" o‘z uyida Mersisaydning "Liverpul" klubini qabul qiladi.
Fikrlar