Gvardiola ishongan futbolchisini sotish uchun boshqa yulduzni oladi

  • 10 may, 2021, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” rahbariyati Angliyaning eng qimmat futbolchisi bo‘lgan Raxim Sterlingni sotishni rejalashtirmoqda. Xosep Gvardiola hujumkor yarim himoyachi o‘rniga boshqa nomzod topib qo‘ygan.

“Shaharliklar” yozgi transferlar vaqtida “Aston Villa” etakchisi Jek Grilishni sotib olishni rejalashtirmoqda.

Ular 25 yoshli yarim himoyachini qo‘lga kiritish uchun “Aston Villa” talab qilayotgan 80 million funtni to‘lashga ham rozi.

Jek Grilish joriy mavsumda premer-ligada 22 ta uchrashuv o‘tkazib, oltita gol urdi va o‘nta golli pas uzatdi. Grilishga “Manchester Yunayted” ham jiddiy da’vogar hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!