Gvardiola jamoa yulduziga terma jamoadan chaqiruv olish yo‘lini o‘rgatdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardioladan jamoa etakchilaridan hisoblangan hujumkor futbolchi Fil Foden noyabr oyidagi yig‘in uchun Angliya terma jamoasiga chaqirilishga loyiqligini so‘rashdi.
- Bu savolni menga emas, terma jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxelga bering. Foden termaga chaqirilishi uchun eng yaxshi tarzda o‘ynashi kerak. Angliyalik futbolchilar ajoyib, bu pozitsiyada juda kuchli raqobat bor.
Foden har kuni o‘zining eng yaxshi o‘yinini ko‘rsatishi lozim, keyin esa Tuxel milliy jamoa uchun nima yaxshi ekanini hal qiladi, - dedi “Manchester Siti” ustozi Gvardiola.
Fil Foden oxirgi marta Angliya termasi safida mart oyida o‘ynagan edi. O‘tgan mavsum uning o‘yinida sezilarli pasayish kuzatilgan edi.
Biroq angliyalik o‘yinchi yangi chempionatda yana yorqin o‘yin ko‘rsata boshladi. Biroq uning bu xatti-harakatlari hozircha Tomas Tuxelning e’tiborini qozonishga etarli bo‘lgani yo‘q.
Fikrlar