Gvardiola jamoaga aynan mana shu futbolchini olib kelishni talab qilyapti

  • 2 dekabr, 2023, 10:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti”ni bir necha yildan beri muvaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiola futbolchi tanlashga juda usta.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassisning nazari “Boka Xuniors”da o‘ynayotgan chap qanot himoyachisi Valentin Barkoga tushdi. Bu o‘yinchini ayni paytda “shaharliklar” uchun arzimagan summa – 15 million evroga olish mumkin.

Gvardiola 19 yoshli futbolchi transferi amalga oshganidan keyin maxsus rejasini qo‘llaydi. Unga ko‘ra, iste’dodli himoyachi Evropa futboliga moslashishi uchun “Lester Siti”ga ijaraga berib yuboriladi.

Pep Barkoni “tulkilar” safiga jo‘natayotgani bejiz emas. Hozir Chempionshipda qatnashayotgan “Lester”ni Entso Maresko boshqaryapti. Ilgari bu mutaxassis “Manchester Siti”da Xosep Gvardiola yordamchisi sifatida ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!