Gvardiola jamoasi hech qachon taslim bo‘lmasligini uqtirdi
“Manchester Siti” joriy mavsumda Angliya Premier-ligasida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal”ga chempionlik unvoni uchun kurashda bosim o‘tkaza oladigan yagona jamoa bo‘lib turibdi.
“Shaharliklar” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o‘z jamoasi Premier-ligadagi chempionlik poygasida hech qachon taslim bo‘lmasligini ma’lum qildi. Ispaniyalik mutaxassis mavsumning qolgan qismida yana ko‘plab syurprizlar bo‘lishini kutmoqda, ammo jamoasi oxirigacha kurashishga qat’iy bel bog‘laganini aytdi.
- Biz “Tottenxem” bilan 2:2 hisobida durang o‘ynaganimizdan keyin kimdir mendan nima uchun Premier-ligadagi kurashdan voz kechib, kuboklarga e’tibor qaratishiz kerakligini haqida so‘radi. Men: “Yo‘q. Nima uchun bunday qilish kerak? Keling, APL chempionligiga urinib ko‘raylik”, deb javob berdim.
Keyin nima bo‘lishini bilmayman, lekin hali ko‘p voqealar sodir bo‘ladi. “Arsenal” haqida bilmayman, ammo menda shunday his borki, biz barcha o‘yinlarimizni yutib chiqishimiz imkonsiz.
Oldinda Angliya kubogi, Yevropa Chempionlar ligasi, Liga kubogi finali, xalqaro tanaffus, ko‘p o‘yinlar va jarohatlar bor. Shuning uchun hozir dam olib, oldimizdagi o‘yinlarga e’tibor qaratish eng to‘g‘ri yo‘l. Qolganini keyin ko‘ramiz.
Bizga eng keragi – keyingi bahsda g‘alaba qozonish. Agar uddalay olmasak, kurashni davom ettirish kerak. Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak. Premier-ligada 10 yoki 11 ta o‘yin — bu juda ko‘p narsani o‘zgartiradi, - dedi Gvardiola.
Fikrlar