Gvardiola katta transferlarni tasdiqladi

  • 7 aprel, 2022, 19:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Siti” tarkibi bugungi kunda jahon futbolida eng kuchlisi hisoblanadi. Biroq, jamoani muaffaqiyatli boshqarib kelayotgan Xosep Gvardiola o‘zi orzu qilayotgan Chempionlar ligasini yutish uchun jamoaning har bir chizig‘ini yanada kuchaytirishni rejalashtirgan.

Tecno

Birinchi navbatda, manchesterliklar to‘purar hujumchi olishga e’tibor qaratadi. Asosiy nishon – Erling Xoland. Zaxira variantlari sifatida “Yuventus”dan Paulo Dibala, “Atletiko”dan Joau Feliks e’tirof etilmoqda.

Maydon markazini kuchaytirish uchun Deklan Rays (“Vest Xem Yunayted”), Orelen Chuameni (“Monako”), Mateus Nunes (“Sporting”) va Mattias Svanberg (“Bolonya”) kabi o‘yinchilar ro‘yxatga kiritildi.

Chap qanot himoyasini mustahkamlashga Tayrik Mitchell (“Kristal Pelas”) Aaron Xikki (“Bolonya”) va Abner Vinisius (“Atletiko Paranaense”) ko‘rsatilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!